Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarining yurtimizga tashrifi davom etmoqda

25.10.2024

93

msk_yangiliklari_in

27 oktabr kuni o‘tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovni kuzatish uchun xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarining yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

 

Xususan, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qisqa muddatli kuzatuvchi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan belaruslik Georgiy Samsonov viloyatimizga keldi.

 

           

 

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Xavfsizlik sohasida hamkorlik departamenti maslahatchisi G.Samsonov dastlab Qashqadaryo viloyati Hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. Hududiy saylov komissiyasi raisi O‘ral Ostanov unga viloyatda saylovga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

 

         

 

Shuningdek, muloqot davomida siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonlari, saylovning o‘ziga xos jihatlari saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish hamda muddatidan oldin ovoz berish yakunlari haqida ham savol-javoblar bo‘ldi.

 

       

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur