Qashqadaryo viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

10.08.2024

8696

msk_yangiliklari_in

Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida bu masala ko‘rib chiqildi.

 

Yig‘ilishni viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi O‘.Ostonov olib bordi.

 

Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimining “Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari haqida”gi taqdimnomasi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 9-, 20- va 88-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1338-son qarori bilan tasdiqlangan “Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, viloyat hududiy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta saylov okrugi tuzildi.

 

Yig‘ilishda viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot xizmatini tashkil etish haqida ham qaror qabul qilindi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur