UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASINING VAKOLATLARI NIMALARDAN IBORAT?

30.09.2024

138

msk_yangiliklari_in

Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni tashkil etadi;

 

saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini aniqlaydi va tasdiqlaydi;

 

saylovchilarni saylovchilarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatdagi noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi, ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;

 

muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilardan to‘ldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;

 

aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;

 

binoning yashirin ovoz berish kabinalari, saylov qutilari va boshqa jihozlar bilan tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;

 

saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi;

 

ovozlarni sanab chiqadi;

 

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur