Qashqadaryo viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Tuman va shahar saylov komissiyalari tuzildi

07.08.2024

169

msk_yangiliklari_in

Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlis bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan majlisda tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

Saylov kodeksining 19-moddasiga ko‘ra, tuman, shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

 

 

Shunga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining 2 shahar va 14 tuman Kengashi tomonidan tuman va shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar tarkibi shakllantirilib, tasdiqlash uchun viloyat hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan.

 

Majlisda har bir nomzod aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan, o‘tgan saylovlarda tajribasi bor, fidoyi, tashkilotchi rahbarlar va faollar orasidan saralab olingani qayd etildi.

 

 

Hududiy saylov komissiyasi nomzodlarni ko‘rib chiqib, ularni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 

Majlisda tuman va shahar saylov komissiyalarining vazifalari va vakolatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur