Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 24-maydagi “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Bu mashg‘ulotlar hududdagi 1 ming 38 ta saylov uchastkasining o‘zida o‘tkazilmoqda va unda uchastka saylov komissiyalarining barcha – 10 ming 524 nafar a’zosi ishtirok etmoqda. Saylovga bog‘liq har bir jihat oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari orasidan shakllantirilgan 85 nafar trener tomonidan joyida tushuntirib berilmoqda.
Har bir uchastka kesimida o‘quv reja jadvali tasdiqlangan bo‘lib, o‘quvlar joriy yil 14-oktyabrga qadar davom etadi.