Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 24-maydagi “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizdagi uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Bu mashg‘ulotlar vohamizdagi 1038 ta saylov uchastkasining o‘zida o‘tkazilayotgani va unda uchastka saylov komissiyalarining barcha - 10524 nafar a’zolari ishtirok etayotgani hamda saylovga bog‘liq har bir jihat oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari orasidan shakllantirilgan 85 nafar trenerlar tomonidan joyida tushuntirib berilayotgani ahamiyatlidir.
Har bir uchastka kesimida o‘quv reja jadvali tasdiqlangan bo‘lib, o‘quvlar joriy yil 14-oktyabrga qadar davom etadi.