Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugida Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda JG‘MHO harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar ishchi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarga joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi, viloyatimizda saylovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida keng ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, bu yil mamlakatimizda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ishtirokchilar aralash saylovning afzalliklari, qolaversa, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ham keng ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Tadbir savol-javoblarga boy bo‘ldi.