Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan. Joriy yilning 9-14-sentyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab ushbu festival yana keng qamrovda o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Hududiy saylov komissiyasi a’zolari bo‘lgan xotin-qizlar ham ushbu aksiya doirasida o‘z ish kunlarini milliy liboslarda boshlashdi.