ENG BALAND NUQTADAGI SAYLOV UCHASTKASIDA...

23.10.2024

92

msk_yangiliklari_in

Viloyatimizdagi barcha saylov uchastkalarida saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Xususan, eng baland nuqtada deb e’tirof etiladigan Shahrisabz tumanining Ko‘l qishlog‘ida joylashgan 920-saylov uchastkasida ham.

 

Mazkur saylov uchaskasi dengiz sathidan qariyb 2400 metr balandlikda, O‘zbekistonning eng baland nuqtasi - Hazrati Sulton cho‘qqisidan 18 kilometr masofada joylashgan.

 

             

 

Uchastka saylov komissiyasi raisi Imommuhammad Jumayevning aytishicha, Ko‘l qishlog‘ida istiqomat qiluvchi aholining 785 nafari mazkur saylov uchastkasida ovoz berishda ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratildi, - deydi I.Jumayev. - Saylov uchastkasi belgilangan talablar asosida zarur mebel, ofis texnika vositalari bilan jihozlandi, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli hamda nomzodlar haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlandi. Bir so‘z bilan aytganda, komissiyamiz a’zolari va saylov uchastkamiz saylovni o‘tkazishga to‘liq tayyor holga ketirilgan.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur