2025-yilning 15-iyunida 673- va 680-saylov uchastkalarida Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov o‘tkaziladi.
Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasi tomonidan mazkur saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tuman hamda uchastka saylov komissiyalari a’zolari ishtirok etgan tadbirda qatnashchilarga bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov o‘tkazish tartibi, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatlar bilan ishlashda komissiya a’zolari oldida turgan vazifalar, ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yiladigan talablar haqida tushunchalar berildi.