Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Majlisni viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi O‘ral Ostanov boshqarib bordi. U saylov uchastkalarining joylashuvi yuzasidan shahar va tumanlar hokimliklarining taqdimnomalari viloyat saylov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.
Majlisda viloyatda 1038 ta saylov uchastkasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Saylov uchastkalarining tartib raqamlari, chegaralari, manzillari ko‘rsatilgan ro‘yxati ham tasdiqlandi.
Saylov uchastkalari uchun aholi vakillariga qulay bo‘lgan binolar tanlab olingan.