Qashqadaryo viloyatining ayrim saylov okruglarida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylov bo‘lib o‘tadi

04.06.2026

197

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 23-apreldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1457-sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari mahalliy Kengashining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun
2026-yil 7-iyun, YAKSHANBA kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

 

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.

Xalq deputatlari

Qarshi tumani Kengashi

23-Bunyodkor saylov okrugi

354

Qarshi tumani, Bunyodkor mahallasi, A. Temur ko‘chasi 15-uyda joylashgan

 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi.

Qarshi tumani, Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punkti chegaralarida.

356

Qarshi tumani, Alisher Navoiy mahallasi, Bog‘i eram ko‘chasi 24-uyda joylashgan

4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi.

Qarshi tumani, Alisher Navoiy hamda Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hududlari chegaralarida.

357

Qarshi tumani, Xitoykenti aholi punkti

 63-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi.

Qarshi tumani, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inidagi hududlari chegaralarida

2.

Xalq deputatlari

Chiroqchi tumani Kengashi

3-Qalqama saylov okrugi

844

Chiroqchi tumani, Qo‘rg‘ontepa mahalla fuqarolar yig‘ini, Kengdara ko‘chasi 1-uyda joylashgan

51-umumta’lim maktabi binosi.

Chiroqchi tumani, Oqtosh mahalla fuqarolar yig‘ini,

Sarbaland-3 ko‘chasi, Toshzor-1 ko‘chasi chegaralarida

861

Chiroqchi tumani, Qalqama mahalla fuqarolar yig‘ini, Kattaqishloq ko‘chasi 8-uyda joylashgan

 101-umumta’lim maktabi binosi.

Chiroqchi tumani, Qalqama mahalla fuqarolar yig‘ini, Kattaqishloq ko‘chasi, Oqchova-1 ko‘chasi chegaralarida.

 

2026-yil 7-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining http://qashqadaryo.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur