Saylov jarayonlari qonuniylik, xolislik, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida davom etmoqda. Bu maqsadda viloyatdagi tegishli texnik talablarga javob beradigan 18 ta saylov uchastkasida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan bo‘lib, ularda kechayotgan jarayonlar real vaqt rejimida (onlayn) video-translyatsiya qilib borilmoqda.
Xususan, saylov.uz rasmiy veb-sayti orqali Qarshi shahridagi 13- va 44-, Shahrisabz shahridagi 95- va 116-, G‘uzor tumanidagi 121-, Dehqonobod tumanidagi 224-, Qamashi tumanidagi 312-, Qarshi tumanidagi 342-, Kasbi tumanidagi 452-, Kitob tumanidagi 483-, Koson tumanidagi 561-, Mirishkor tumanidagi 632-, Muborak tumanidagi 681-, Nishon tumanidagi 751-, Ko‘kdala tumanidagi 760-, Chiroqchi tumanidagi 815-, Shahrisabz tumanidagi 897- hamda Yakkabog‘ tumanidagi 1000-saylov uchastkalaridagi jarayonlarni