105 YOSHLI ONAXON HAM O‘ZI TANLAGAN NOMZODLARGA OVOZ BERDI

27.10.2024

81

msk_yangiliklari_in

Viloyatimizda saylov jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Saylov kuni belgilangan joyga kelolmaydigan fuqarolar ham e’tiborga olingan. Saylov uchastkasi a’zolari ularning uyiga borib, tegishli tartibda ovoz berishini tashkil qilmoqda.

 

Kasbi tumanining Do‘stlik mahallasida yashovchi 105 yoshli onaxon Nazira aya Rajabova ham ana shu imkoniyatdan foydalangan holda o‘z uyida turib ovoz berdi.

 

Biz yoshlikda juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirganmiz, - deydi onaxon. – Bugungi yurtimizdagi osudalik, xotirjamlik, farovonlikni ko‘rib, farzandlarim, nevar-chevaralarim shunday osoyishta kunlarda yashayotganidan quvonaman. Dilimda ham, tilimda ham bu kunlarning abadiy bo‘lishini tilab, duo qilib o‘tiraman. Bugun ham yurtimizning rivoji, farovonligi yo‘lida xizmat qilishiga ishongan nomzodlarimga ovoz berdim.

 

              

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur