Saylovlarda uzoq muddatli kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari –Diletta Berardinelli (Italiya) hamda Vladimir Agronomov (Rossiya) Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘lib, komissiya faoliyati bilan tanishdi.
Viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi O‘ral Ostanov xalqaro kuzatuvchilarga Qashqadaryo viloyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari haqida keng ma’lumot berdi.
Komissiya raisi va a’zolari bilan samimiy suhbatlashgan mehmonlar bu yerdagi muloqot ularda ijobiy taassurot qoldirganini alohida qayd etishdi.