XALQARO KUZATUVCHILAR O‘ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI VILOYAT BOSHQARMASIDA BO‘LISHDI

09.10.2024

112

msk_yangiliklari_in

Saylovlarda uzoq muddatli kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari – Diletta Berardinelli (Italiya) hamda Vladimir Agronomov (Rossiya) viloyatimizdagi saylovga tayyorgarlik jarayonlarini kuzatib borishmoqda. Shu bilan bir qatorda, turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etishayapti.

 

Kuni kecha xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasida bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishdi.

 

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dolli Allayev hamda o‘quv kursi direktori Ramz Zohirovlar YEXHT vakillariga o‘zini o‘zi boshqarishning dunyoda o‘xshashi yo‘q shakli bo‘lgan mahalla tuzilmasi, uning iqtisodiy, ijtimoiy vazifalari, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mahallalarni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng ma’lumot berishdi.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur