Viloyatimizda tashkil etilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari davom etmoqda

16.10.2024

104

msk_yangiliklari_in

Qarshi shahridagi 33-uchastka saylov komissiyasi raisi Akbar Nuraliyevning ma’lum qilishicha, mazkur saylov uchastkasidan hozirga qadar 4 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.

 

Xususan, Naxshab mahallasida istiqomat qiluvchi Munisa Normamatova Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi qarindoshlarinikida o‘tkaziladigan tadbir munosabati bilan saylov kunida yashash joyida bo‘lolmasligini bildirib, saylash huquqidan foydalanish maqsadida saylov uchastkasiga kelgan va o‘zi munosib deb bilgan nomzodlar va partiyaga ovoz bergan va to‘ldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertda qoldirgan.

 

Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlangan va saqlash uchun seyfga joylashtirilgan.

 

       

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur