Qashqadaryo viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

HUDUDIY SAYLOV KOMISSIYASI RAISI QARSHI SHAHRIDA O‘TKAZILAYOTGAN O‘QUV MASHG‘ULOTLARI BILAN TANISHDI

10.09.2024

33

msk_yangiliklari_in

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1038 ta uchastka saylov komissiyalari rais, o‘rinbosar va kotiblari uchun trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi O‘ral Ostanov Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari bilan tanishdi.

 

Ishtirokchilarga saylov uchastkalarida amalga oshiriladigan ishlar va saylovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.

 

Shuningdek, O‘ral Ostanov Qarshi shahridagi 57-saylov uchastkasi faoliyati bilan ham tanishdi.

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur