Qashqadaryo viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI A’ZOLARINING O‘QUVI DAVOM ETMOQDA

07.09.2024

53

msk_yangiliklari_in

Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1038 ta uchastka saylov komissiyalari rais, o‘rinbosar va kotiblari uchun trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Jumladan, Qarshi shahridagi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilayapti.

 

Unda trenerlar tomonidan tinglovchilarga uchastka saylov komissiyasining vazifalari, uchastka bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatini tuzish, saylov uchastkalarini ovoz berish uchun tayyorlash va shu kabi mavzularda ma’ruzalar qilinmoqda.

 

Shuningdek, ishtirokchilarga saylov uchastkalarini jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish, xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlash, saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash va shu kabi mavzularda keng tushunchalar berib borilayapti.

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur