Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasida shahar va tuman saylov komissiyasi hamda viloyatdagi okrug saylov komissiyalarining rais va kotiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Uni Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi O‘ral Ostanov boshqarib bordi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, ayni kunlarda butun mamlakatimizda bo‘lgani singari Qashqadaryo viloyatida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in pallaga kirdi. Yig‘ilishda saylovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olinib, ularni o‘z vaqtida va tizimli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.