SAYLOV QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK CHORALARI MAVJUD

18.10.2024

121

msk_yangiliklari_in

Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasida saylov qonunchiligi va uni buzishning huquqiy oqibatlari mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Unda viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi O‘tkir Mamadaliyev, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Kamol Namazov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi raisi Botirali Diyorovlar ishtirok etdi.

 

             

 

Ta’kidlab o‘tish joiz, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalarida saylov to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

 

Tadbirda sudyalar tomonidan viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolariga saylov qonunchiligi va bu boradagi huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari haqida keng ma’lumot berildi.

 

           

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur