SAYLOV JARAYONLARI QANDAY YORITILMOQDA?

09.10.2024

118

msk_yangiliklari_in

Saylovlarda uzoq muddatli kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga kelgan YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari Diletta Berardinelli (Italiya) hamda Vladimir Agronomov (Rossiya) Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida bo‘lib, saylovlarning hududiy televideniye va radioda yoritilishi bilan yaqindan tanishdi.

 

Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori Jahongir To‘yichev xalqaro kuzatuvchilarga viloyatda siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun teng efir maydoni ajratilgani bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi. Efir vaqti va hajmi, OAVdan bepul foydalanish tartibi viloyat hududiy saylov komissiyasining qaroriga asosan siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan xolda belgilanganini bildirdi.

 

Bundan tashqari, saylov qonunchiligidagi muhim o‘zgarishlardan aholini xabardor qilish maqsadida tele va radio suhbatlar, ijtimoiy roliklar muntazam ravishda efirga berib borilayotgani alohida qayd etildi.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur