O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 23-apreldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1457-sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari mahalliy Kengashining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun
2026-yil 7-iyun, YAKSHANBA kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.
|
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi manzili |
Saylov uchastkasi chegaralari |
|
1. |
Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi |
23-Bunyodkor saylov okrugi |
354 |
Qarshi tumani, Bunyodkor mahallasi, A. Temur ko‘chasi 15-uyda joylashgan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi. |
Qarshi tumani, Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punkti chegaralarida. |
|
356 |
Qarshi tumani, Alisher Navoiy mahallasi, Bog‘i eram ko‘chasi 24-uyda joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi. |
Qarshi tumani, Alisher Navoiy hamda Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hududlari chegaralarida. |
|||
|
357 |
Qarshi tumani, Xitoykenti aholi punkti 63-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi. |
Qarshi tumani, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inidagi hududlari chegaralarida |
|||
|
2. |
Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi |
3-Qalqama saylov okrugi |
844 |
Chiroqchi tumani, Qo‘rg‘ontepa mahalla fuqarolar yig‘ini, Kengdara ko‘chasi 1-uyda joylashgan 51-umumta’lim maktabi binosi. |
Chiroqchi tumani, Oqtosh mahalla fuqarolar yig‘ini, Sarbaland-3 ko‘chasi, Toshzor-1 ko‘chasi chegaralarida |
|
861 |
Chiroqchi tumani, Qalqama mahalla fuqarolar yig‘ini, Kattaqishloq ko‘chasi 8-uyda joylashgan 101-umumta’lim maktabi binosi. |
Chiroqchi tumani, Qalqama mahalla fuqarolar yig‘ini, Kattaqishloq ko‘chasi, Oqchova-1 ko‘chasi chegaralarida. |
2026-yil 7-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining http://qashqadaryo.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.