2024-yil 26-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasiga start berilib, Kalendar reja tasdiqlandi.
Qashqadaryoda ham viloyat hududiy saylov komissiyasi o‘z ishini boshladi. Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasida o‘tkazilgan yig‘ilishda komissiya a’zolariga Markaziy saylov komissiyasining maxsus guvohnomalari topshirildi. Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasi Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 35-uyda "O‘zbekneftigaz" AJ binosida o‘z faoliyatini olib boradi.