Qashqadaryo viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

15.08.2024

110

msk_yangiliklari_in

Majlisda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

 

Qayd etilganidek, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta okrug saylov komissiya a’zolari (jami 540 nafar) tarkibi xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari sessiyalarida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun e-saylov.uz tizimi orqali hududiy saylov komissiyasiga yuborilgan.

 

 

Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarning 348 nafari (64 foizi) avvalgi saylovlarda qatnashgan.

 

Shuningdek, nomzodlarning 408 nafari oliy (76 foiz), 123 nafari o‘rta-maxsus (23 foiz) va 9 nafari o‘rta ma’lumotga ega.

 

Majlisda xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta okrug saylov komissiyasi a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur