Majlisda Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari ham videoselektor tarzida ishtirok etishdi.
Unda 27 oktyab saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun 2024-yil 16-23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berishni uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Saylov kodeksining 57-moddasiga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, muddatidan oldin ovoz berish kunlari saylov uchastkalarida ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa soat 11:00 dan 17:00 ga qadar davom etishi belgilangan.