Qashqadaryo viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI KOTIBI QASHQADARYO VILOYATI HUDUDIY SAYLOV KOMISSIYASIDA BO‘LDI

27.08.2024

65

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘lib, komissiya a’zolarining ish faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

 

 

 

Komissiya a’zolariga ishlarni tizimli tashkil etish, saylov kampaniyasi davrida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, saylov komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish va shu kabi qator masalalarda uslubiy tavsiyalar berdi.

 

 

 

Xudoyor Mamatov shu kuni Qarshi davlat universitetida okrug saylov komissiyasi a’zolari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi. Ishtirokchilarga o‘quv-seminarlar tashkil etish, okrug savlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va saylovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur