30.05.2025

34

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 6 maydagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1438-sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2025 yil 15 iyun, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

 

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.       

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi

4-Geolog saylov okrugi

673-uchastka

Geolog” mahallasi, Neftrazvetka ko‘chasi, 67-uyda joylashgan 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi

Muborak tumani “Geolog” mahalla fuqarolar yig‘inining barcha hududi chegaralarida

680-uchastka

“O‘zbekiston” mahalla, Tinchlik ko‘chasi,

38-uyda joylashgan

2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi

Muborak tumani, “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inining barcha hududi chegaralarida.

 

2025 yil 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining qashqadaryo.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur