CHANDIRDA HAM SAYLOVGA QIZG‘IN HOZIRLIK KO‘RILMOQDA

26.09.2024

136

msk_yangiliklari_in

Mirishkor tumanidagi Chandir qishlog‘i 4 ta mahallani o‘zida birlashtirgan bo‘lib, ularda umumiy hisobda 14 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

 

Qishloqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 3 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

 

Xususan, 668-saylov uchastkasi hududdagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil qilinib, bu yerda ushbu siyosiy tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

 

 

– Hozirga qadar uchastkamiz hududidagi saylovchilar to‘liq ro‘yxatga olinib, endilikda ularni yana bir bora xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda, - deydi mazkur uchastka saylov komisiyasi raisi To‘lqin Jo‘raqulov. - Uchastka saylov komissiyamizning 11 nafar a’zosi bilan birgalikda saylovchilarni saylov jarayonlariga keng jalb qilish, ularning o‘z saylov huquqlaridan foydalanishlarini tashkil qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etmoqdamiz.

 

Ma’lumot o‘rnida: Mirishkor tumanida jami 45 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur