Qarshi shahridagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

14.09.2024

223

msk_yangiliklari_in

Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan Qarshi shahridagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 

Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham belgilangan tartibda saylovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Shundan kelib chiqqan holda, Qarshi shahridagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasida ham 1003-saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning saylovlarda qatnashishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

Tadbirda saylov komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarga joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi, viloyatimizda saylovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida keng ma’lumot berildi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur