XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZODLAR RO‘YXATGA OLINDI

20.09.2024

487

msk_yangiliklari_in

Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni hududiy saylov komissiyasi raisi O‘ral Ostanov olib bordi.

 

Yig‘ilishda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

 

Kun tartibidagi masala yuzasidan hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Shoira Haydarova axborot berdi. Siyosiy partiyalardan Saylov kodeksiga muvofiq “e-saylov” tizimi orqali viloyat Kengashi deputatligiga jami 300 nafar nomzod ko‘rsatilgani, ularning 129 nafari (43 foizi)ni xotin-qizlar tashkil etayotgani, 11 nafari 30 yoshgacha, 85 nafari 31 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lganlar ekanligi alohida qayd etildi.

 

Hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlar Saylov kodeksiga mos ravishda ko‘rsatilganligi o‘rganildi.

 

Muhokamalardan yakunida viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur