Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “Saylov va yoshlar” mavzuida uchrashuv o‘tkazildi.
Yoshlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlarga daxldorlikni oshirish, ularning saylov qonunchiligi borasidagi bilimini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari talabalarga saylov qonunchiligi, undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar, yoshlarni saylovda faol bo‘lishga chaqirdilar.
Uchrashuvda mazkur institut binosida joylashgan 57-uchastka saylov komissiyasi a’zolari ham ishtirok etib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.